Verattining agenti: “Verattini De Rossiga almashtirish? Bu yolg'on”
Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013, 10:40
“PSJ” klubi yarim himoyachisi Marko Verattining agenti Donato Di Kamplining so'zlariga ko'ra, futbolchini “Roma” klubi yarim himoyachisiga almashtirishning hech qanaqa iloji yo'qligini ta'kidlab o'tdi, deb xabar beradi calcionews.
“Bu gaplarning bari yolg'on. Ularning hech birida zarracha haqiqat yo'q – deydi Di Kampli AS Roma Radio ga bergan intervyusida. Ko'pchilik Markoni Karlo Anchelottining ortidan “Real”ga ketadi deb o'ylayotgan bo'lsa adashadi, u hozirda faqatgina “PSJ”da qolishni o'ylayapdi”.