"Valensiya" "Zenit"ga 5 mln. evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2017, 21:47
"Zenit" himoyachisi Luish Netu faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Valensiya" iyul boshida Peterburg klubiga portugaliyalik transferi borasida 5 mln. evrolik taklif bildirgan. Rossiyaliklar hozircha taklifga javob berishgani yo'q.

Netu va "Zenit" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi. So'nggi mavsum 29 yoshli himoyachi Rossiya chempionatining 25 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli pas berdi.

Oldinroq "Zenit" sport direktori Konstantin Sarsaniya klub Netu borasida boshqa klublar bilan uzokara o'tkazmoqchi emasligini ma'lum qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo