

Ekvadorlik "Liverpul"ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvida ishtirok etishi mumkin. Bahs 10 mart kuni "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.
"Valensiya va Shvaynshtayger safga qaytishdi. Martda ko'plab jarohat olgan futbolchilarimiz mashg'ulotlarni boshlashi kerak. Ularni tezda maydonga tushirish juda qiyin, chunki jarohatlanganlar yuqori darajada to'p tepa olishini bilmaymiz. Bastian jamoa bilan bir marotaba shug'ullandi, Antonio esa bir hafta. Antonio zaxiraga kirishi mumkin, ammo o'ynash boshqa masala. Doimo kuchli tarkib tanlashimni esdan chiqarmang" - deydi van Gal.



