"Valensiya" prezidenti: "Peres "Real" Gayyaga qiziqmayotganini aytdi"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2015, 17:45
"Valensiya" prezidenti Amadeo Salvoning takidlashicha, "Real" himoyachi Xose Luis Gayyaga qiziqmayapti.

"Men "Real" prezidenti Florentino Peres bilan suhbatlashdim va u menga "Qirollik klubi" Gayyaga qiziqmayotganligi haqida aytdi. Futbolchi "Real" yoki boshqa klub uchun transferga qo'yilmaydi. Gayya "Valensiya"da uzoq muddat qolishini istaymiz. Agar biror futbolchimiz bizning klubda o'ynashni istamasa, aytsin - biz uni tushunamiz"- deydi Salvo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com