Unai Emeri qishda fransiyalik futbolchini xarid qilmoqchi

Alisher
7 okt 2019, 16:32
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Vulverxempton" himoyachisi Villi Bolini jamoasiga olib kelmoqchi.

"To'pchilar" fransiyalik futbolchini qishki transferlar oynasida xarid qilishmoqchi.

Boli 2018 yildan buyon "Vulverxempton" sharafini himoya qilmoqda. U ingliz klubiga "Portu"dan 12 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum "bo'rilar" tarkibida barcha turnirlarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist ijro etgan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun