Ugo Loris: "Tottenxem" uchun bu mavsum tugagani yo'q"

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2014, 17:22
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris "Suonsi"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
-Biz uchun mavsum tugagani yo'q. Kuchli to'rtlik u qadar uzoqda emas, biz g'alaba qozonishni boshladik. Agarda mavsum so'nggida kuchli to'rtlikda bo'lishni istasak mashg'ulotlarda yaxshi ishlashimiz va o'yinlarda maksimal ochko to'plashimiz kerak.

"Suonsi"ga qarshi o'ynash doim og'ir. Ularga qarshi 100 foiz kuch bilan o'ynashimiz shart, - deydi Loris "shporlar" rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net