Uesli Sneyder: "Bavariya"ning penaltisi - hakamning hadyasi. Luis Diasning o'zi ham buni kutmagan edi"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2026, 14:11
Niderlandiya terma jamoasi sobiq yulduzi Uesli Sneyder YCHL yarim finalidan o'rin olgan "PSJ" - "Bavariya" (4:5) bahsidagi bahsli vaziyat yuzasidan o'z fikrlarini keskin tarzda bildirdi.

O'yinning 16-daqiqasida parijliklar himoyachisi Vilyan Pacho o'z jarima maydonchasi ichida Luis Dias bilan to'qnashib ketgan va bosh hakam Sandro Sherer "PSJ" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilagan edi. Biroq Sneyderning fikricha, hakamlar bu vaziyatda xatoga yo'l qo'yishgan.

- "Bu "Bavariya" uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi. Eng ajablanarlisi, VAR hakamni ekran oldiga ham chaqirmadi. Takrorlarda Dias birinchi bo'lib Pachoning oyog'iga zarba bergani aniq ko'rinib turibdi. Pachoning podkati esa foldan keyin sodir bo'ldi.

Agar vaziyatni qayta ko'rsangiz, Dias yiqilganidan so'ng qo'li bilan maydonga urib, xuddi "men xato o'ynadim" degandek ishora qiladi. U umuman penalti belgilanishini kutmagan edi. Odatda hujumchi penalti borligiga ishonsa, hakamga ishora qiladi, Diasda esa bunday hissiyot yo'q edi. U biz bilan fikrdosh", - dedi Sneyder.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbalzone