U-20 JCH. Bugun 3-o'rin uchun va final bahslari o'tkaziladi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 14:32
Argentinada o'tayotgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga bugun yakun yasaladi.

Avvaliga, soat 22:30dan boshlab, jahon chempionatining 3-pog'onasi uchun o'yin o'tkaziladi. Unda Janubiy Koreya va Isroil termalari o'zaro bahs olib boradi.

Tungi soat 02:00dan e'tiboran esa Urugvay va Italiya termalari jahon chempionligi uchun kurashni boshlaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia