U-17 Osiyo kubogi. Avstraliya Hindistonni yirik hisobda mag'lub etdi, O'zbekiston musobaqani 2-turdan boshlaydi

9 may 2026, 23:42
Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo kubogi bo'lib o'tmoqda.

“D” guruhdagi ilk o'yinda Avstraliya hindistonlik tengqurlariga javobsiz 4 ta gol urdi.

O'zbekiston ushbu turda dam oldi. Bunga sabab bizning guruhdan joy olgan KXDR terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etolmasligi ma'lum bo'lgan.

Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi ertaga 10 may kuni Hindistonga qarshi o'yinni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlaydi. O'zbekiston guruhdan chiqish vazifasini uddalasa, JCHga yo'llanmasiga ega bo'ladi. Guruhdagi so'nggi o'yinimiz 13 may kuni Avstraliyaga qarshi bo'lib o'tadi.

Avstraliya U-17 - Hindiston U-17

Gollar: Luke Bechvinovski (4), Maks Kurt (29, penalti), Luka Demut (74), Enrike Oliveyra (86)


Manba: championat.asia