Tuxel PSJ futbolchilariga 2 kunlik tatil berdi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 18:32
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan so'ng o'z shogirdlarini taqdirladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis mutaxassisi jamoaga 2 kunlik tatil bergan. Shunday qilib, jamoa 15 fevral kuni mashg'ulotlarga qaytadi.

PSJ 17 fevral kuni "Sent-Eten"ga qarshi Liga 1 doirasida uchrashuv o'tkazadi.

PSJ hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi javob o'yini 6 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC