Tuxel Neymarning Turinga borgani haqida: "Men uning otasi emasman"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa forvardi Neymar Fransiya Kubogi finalidan oldin Turinga uchgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Bu haqida hech narsa bilmayman. Men uning otasi emasman va policiya ham ishlamayman. Jamoa bosh murabbiyiman va u kecha mashg'ulotda ishtirok etdi. Hammasi shu" - deydi Tuxel.

Fransiya Kubogi finali bugun, 27 aprel kuni bo'lib o'tadi. PSJning raqibi "Renn" bo'ladi.

Neymar joriy mavsum Fransiya chempionatining 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com