

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, mankunianliklar ushbu yozda braziliyalik futbolchini sotib yuborishni reja qilmoqda. Biroq bungacha bo'lgan takliflar klubga maqul kelmagan.
Turk grandi esa Fred uchun bonuslar bilan 15 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Oldinroq MYU shunday taklifga rad javobini bergandi.
Fred Manchestyerda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani bois, "Fenerbaxche"ga o'tishga rozi. O'tgan mavsumda Fred mankunianliklar tarkibida 35 o'yinda 2tadan gol va assist qayd etdi.



