Transfer-2022. “Vest Xem” endi “Yuventus”ni dog'da qoldirdi

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2022, 08:45
Avvalroq, londonliklar “Sassuolo”dan Janluka Skamakkani xarid qilish deyarli aniq bo'lib ulgurgandi.

Yevropa ligasida mavsum futbolchisi deb topilgan “Ayntraxt” a'zosi Filip Kostich ham “Vest Xem”ga o'tishga yaqin. 29 yoshli xavbekning transferiga 15 mln evro sarflanishi aytilmoqda va bitim 2026 yilga qadar imzolanadi.

Qayd etish joizki, futbolchini qo'lga kiritish uchun “Yuventus” ham davogarlik qilgandi.

Kostich yakunlangan mavsum frankfurtliklar safida 42 bahsda qatnashib, 7+15 natijaga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio