APL. "Fulxem" "Tottenxem"dan ustun keldi, MYU esa o'n kishi bo'lib qolgan "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi

Alisher Ostonov
1 mar 2026, 21:15
Birozdan so'ng APL 28-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Fulxem" birinchi bo'limdayoq "shporlar" darvozasiga ikkita to'p kiritdi. Gollarga Xarri Uilson va Aleks Ivobi mualliflik qildi. "Tottenxem" bunga 66-daqiqada Risharlisonning aniq zarbasi bilan javob berdi. Ikkinchi o'yinda esa Maksans Lakrua 4-daqiqadayoq londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, aynan u 56-daqiqada qizil kartochka olib, jamoasini qiyin vaziyatda qoldirdi. MYU esa bundan unumli foydalandi. Brunu Fernandesh (penaltidan) va Benyamin Sheshkoning gollari "qizil iblislar"ga g'alaba olib keldi.

"Manchester Yunayted" 28 o'yindan so'ng 51 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda, "Aston Villa" ham huddi shuncha ochko jamg'argan. Turnir jadvalida "Arsenal" 61 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" hisobida 59 ochko mavjud.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia