Toshkent futboli. "START" ligasida ham o'yinlar davom etmoqda

Xayrulla Xoliqov
2 apr 2018
Toshkent shahar futbol federatsiyasi va "START" savdo belgisi tashabbusi bilan 2009 va 2010 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida "START" ligasi boshlangani haqida xabar bergandik.

O'FA maydonida bo'lib o'tayotgan musobaqada 2009 yilda tug'ilgan futbolchilar 3-tur bahslarini o'tkazishdi. 2010 yilda tavallud topganlar esa 2-turda maydonga tushishdi. Ma'lumot uchun, 2009 yilda tug'ilganlar 12ta jamoa bilan, 2010 yilda tug'ilganlar esa 10ta jamoa bilan festivalda qatnashishyapti.

2009 y. O'FA. 3-tur. 1 aprel
Lokomotiv- Odil Junior 1:5
BO'SM-30 - Leon 1:0
Chig'atoy - Uch Tepa 4:0
Mega Sport - Olmazor 1:4
Spartak - Paxtakor 1:2
Bunyodkor - Start 18:0

2010 y. O'FA. 2-tur. 1 aprel
Odil Junior - Leon 3:1
Start - Lokomotiv 3:0
Paxtakor - IBO'SM 19:0
Mega Sport - BO'SM30 2:4
Spartak - Bunyodkor 3:7


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Тошкент шаҳар ФФ