Torresning "Barselona" bilan muzokaralari to'xtab qoldi

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 14:17
Hujumchi Ferran Torresning "Barselona"dagi kelajagi noma'lum. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar to'xtadi.

Bu haqda AS xabar berdi.

Bazi manbalar "Barselona" 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan bitimni yangilamaslikka qaror qilgani haqida yozmoqda. Shuning uchun hujumchi jamoani erkin agent sifatida tark etish uchun 2027 yilni kutadi.

Torres "Barselona"da 2022 yilning yanvaridan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 46 o'yinda 20 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS