

Bu haqda insayder Ekrem Konur o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
19 yoshli ingliz futbolchisining o'yinlarini "Arsenal", "Liverpul" va Dortmundning "Borussiya" klublari kuzatib bormoqda. O'z navbatida Kingning ehtimoliy sotuvidan 60 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Joshua 2024 yilning yozidan buyon "Fulxem" futbolchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi va klub o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida King 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritdi.



