

"Sport va yoshlar vazirligi milliy futbol terma jamoamizning vazirning ko'rsatmasi bilan AQSHda bo'lib o'tadigan JCH-2026'da ishtirok etishga to'liq tayyorligini e'lon qildi", – dedi Muhojironi davlat televideniesiga.
Avvalroq go'yo Eron AQSH va Isroil bilan mojaro tufayli mundialdan chiqib ketish variantini o'rganayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
21 aprel kuni Eron sport vaziri Ahmad Donyamali milliy terma jamoa turnirda ishtirok etishi uchun ma'lum shartlar borligini aytgan edi.
Ma'lumot uchun, Eron guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan o'ynashi rejalashtirilgan. Barcha uchrashuvlar AQSH hududida o'tkaziladi.



