Taunsend jarohat tufayli noma'lum muddatga safdan chiqdi

Tolibjon Qosimov
19 dek 2013, 18:54
"Tottenxem" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Endros Taunsend tizza osti paylarini shikastlab oldi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Futbolchi Angliya liga kubogi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (1:2) jarohat oldi. Taunsend 73-daqiqada maydonni tark etdi.

U 2013 yilda boshqa maydonga tusha olmaydi.

Bu mavsumda Taunsend 14ta o'yinda ishtirok etib 1ta gol urdi va 1ta golli pas oshirdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru