Sven-Yoran Eriksson Kamerun termasini boshqarishi mumkin

Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Sven-Yoran Eriksson Kamerun futbol federatsiyasi bilan muzokara o'tkazdi.

70 yoshli shvetsiyalik mutaxassis uch kun davomida Kamerun poytaxtida bo'ldi va 28 iyul kuni o'z yurtiga qaytib ketdi.

Kameruni termasining yangi murabbiyi nomi yaqin kunlarda ma'lum bo'ladi. Erikssondan tashqari bir qator nomzodlar ham ko'rib chiqilmoqda.

Erikssonning so'nggi ish joyi Xitoyning “Shenchjen” klubi bo'lgandi. Bir yil ilgari u Xitoy klubidan iste'foga chiqarilgandi.

Ilgariroq Eriksson Iroq termasida ish boshlashi haqida xabarlar tarqatilgandii.


Manba: Камерун футбол федерацияси