Suriya bosh murabbiyi Ayman Hakim iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017, 21:10
Futbol bo'yicha Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ayman Hakim o'z lavozimini tark etdi.

Suriya futbol assotsiatsiyasi uning o'rniga xorijdan yangi mutaxassis qidirishni boshlab yubordi.

Ayman Hakim 2016 yil 9 may kuni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning qo'l ostida 21ta o'yin o'tkazib 6ta g'alaba, 11ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etdi. Ushbu murabbiy boshchiligidagi Suriya JCH-2018 saralashida pley-off bosqichiga qadar yetib bordi va Avstraliyaga yutqazib qo'ydi.


Suriya terma jamoasi JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichida O'zbekiston terma jamoasini ortda qoldirib 3-o'rinni egallagandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia