

Bugun 1-3 aprel kunlari bo'lib o'tgan to'rtinchi tur laureatlari va ramziy terma jamoasini e'tiboringizga havola etyapmiz.
VIDEO Superliga. Tur goli - Marko Stanoevich
Ortda qolgan 4-turning eng yaxshi murabbiyi deb AGMK ustozi Mirjalol Qosimov topildi. Olmaliqliklar o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qilishdi. Birinchi bo'limdan so'ng 1:1 hisobi qayd etilib turganda Qosimov ikkinchi 45 daqiqalikda maydonga Husniddin G'ofurov hamda Shohrux Gadoevlarni tushirdi. Aynan mana shu ikki qanot o'yinchilari jamoaga g'alaba golini taqdim etishdi. G'ofurovan pas, Gadoevdan esa gol.
Shu tariqa, "Navbahor"dek murakkab raqibni enggan AGMK ustozi Mirjalol Qosimov to'rtinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga



