Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" bir qator yetakchilarisiz "Turon"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023
Bir necha daqiqadan keyin Coca Cola Superligasining 22-turi doirasida "Paxtakor" - "Turon" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga, 22-tur
"Paxtakor" - "Turon" 3:0
Gol: 15 - Dilshod Saitov (Xoldorxonov), 71 - Hojimat Erkinov (Saitov), 85 - Sardor Sobirxo'jaev (Xolmatov)
"Paxtakor" stadioni, 19:00
Hakamlar
: A.Xudoyberganov, H.Shodmonov, SH.Rahmatov, I.Ismoilov.
VAR: F.Norsafarov.
AVAR: A.Usmonov.
Nazoratchi: M.Ismoilov.
Komissar: J.Rahmatullaev.

"Paxtakor" - Pavlyuchenko, Saitov, Hamraliev, Azmiddinov, Turg'unboev, Asqarov, Sobirxo'jaev (Saidnurullaev, 88), Hamdamov (Banashak, 78), Xolmatov, Erkinov (Usmonov, 88), Xoldorxonov (Merk, 88).
Zaxira: Boymurodov, Tursunov, Pozilov, Poyonov, .

"Turon" - 99. Xumoyunshox Sayyotov, 3. Akbar Abdirasulov, 5. Marlen Chobanov, 14. Xurshidbek Muxtorov (18. Abdug'ani Kamolov,80), 15. Aziz Xolmurodov (30. Miraziz Maxamadaliev,60), 17. Nodirbek Mukarov ( 7. Shohmalik Komilov,67), 44. Abubakir Ashurov, 45. Asadbek Saitxonov, 55. Aslbek Aysarov, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev ( 9. Rustamxon Azimov, 60), 88. Sardor Sadullaev (11. Javohir Alijanov, 46).
Zaxira: 50. Javohir Maqsudov, 4. Asliddin Toshtemirov, 22. Shahzodbek Raxmatullaev, 36. Nodirbek Abdurazzoqov.
Ogohlantirish: 45+2 - Hojimat Erkinov, 70 - Shahzod Azmiddinov, 73 - Muhammadqodir Hamraliev

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

89. Azimovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

88. O'zgarishlar: Usmonov, Saidnurullaev va Merk maydonga tushdi, ular Erkinov, Xoldorxonov va Sobirxo'jaevni alishtirdi

85. GOOOL. Sardor Sobirxo'jaev hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda

80. O'zgarish: Muxtorov maydoni tark etdi, uning o'rniga Kamalov maydonga tushdi

78. O'zgarish: Banashak Hamdamovni alishtirdi

74. Shohmalik Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

73. Ogohlantirish: Muhammadqodir Hamraliev hakam tomonidan ogohlantirildi

71. GOOOL. Saitovdan super uzatma va Xojimatdan ajoyib gol

70. Ogohlantirish: Azmiddinov Komilovga qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi

67. O'zgarish: Mukarovning o'rniga Komilov maydonga tushdi


66. Mezbonlardan mehmonlarning hujumiga javob. Xoldorxonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi

65. Azimov yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi

64. Turg'unboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda uzoqlarga kyetib qoldi

60. O'zgarishlar: Jumanqo'ziev va Xolmurodov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Azimov va Mahamadaliev maydonga tushdi

52. Burchakdan oshirilgan to'pni Turg'unboev boshi bilan zarba yo'lladi, ozgina noaniq



51. Hojimat Erkinov bugun yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, biroq unga ozgina omad yetishmayapti

48. Ikkinchi bo'limda yaypanliklar boshqacha ishtiyoq bilan maydonga tushdilar. Ustunlik ular tomonda

46. O'zgarish: Sadullaevning o'rniga Alijonov maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi 

45+2. Ogohlantirish: Hojimat Erkinov hakam tomonidan ogohlantirildi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi


44. Ashurovning jarimadan yo'llagan zarbasini Pavel qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi

34. Hamraliev himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Jumanqo'ziev egallab oldi. Uning zarbasi esa ustunga tegdi

32. Dostonbek Hamdamov yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Ammo uning sekin zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

30. Mezbonlarda navbatdagi aniq zarba. Xoldorxonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi

28. Azmiddinov 40 metrdan uzoqroq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

23. Navbatdagi ajoyib imkoniyat. Sobirxo'jaevning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

21. Hojimat yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi



17. Gol o'tkazib yuborgan mehmonlar tezkor hujum tashkil qilishdi. Sadullaevning zarbasiga aniqlik yetishmadi

15. GOOOL. Dilshod Saitov chamasi 30 metrlardan super gol urib, jamoasini oldinga olib chiqmoqda.

12. Ustunlik to'liq mezbonlarda, biroq sherlarda hozircha juda xavfli vaziyat bo'lgani yo'q

6. Hojimat Erkinov raqib maydonchasiga yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi. Sayyotov to'pni burchakka chiqarib yubordi

4. Burchakdan uzatilgan to'pni Hamrraliev boshi bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq

UCHRASHUV BOSHLANDI!


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia