Superliga. "Neftchi" "Qo'qon-1912"ni tor-mor etdi, mehmonlar bir kishi kam bo'lib qoldi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2026, 20:54
Superliga 10-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Superliga

10-tur

“Neftchi” – “Qo'qon-1912” 4:0

Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 19:00

Gollar: Zoran Marushich (Farruh Sayfiev) 4’, Ratino (Zoran Marushich) 6’, Xurshid G'iyosov (Jamshid Iskanderov) 46’, Xurshid G'iyosov (Vladimir Yovovich) 54’

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shoxruh A'zamov, Aziz Isoqov

Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Timur Gaynullin

Nazoratchi: Sultonbek Zaylabidinov

Komissar: Feruz G'aniev

🟡 “Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 8.Vladimir Yovovich (14.Daler Tuxsanov, 62), 9.Xurshid G'iyosov (11.Asilbek Jumaev, 62), 10.Jamshid Iskanderov (27.Nurbek Sarsenbaev, 71), 15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 20.Anvar G'ofurov, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 62), 34.Farruh Sayfiev, 77.Ratino (30.Rustambek Fomin, 46).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, 23.Yovan Jokich.

⚪️ “Qo'qon-1912”: 13.Azizxon Isaqov, 5.Jasurbek Ëqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 9.Javohir Husanov (18.Muhriddin Pazildinov, 58), 10.Shoxruh Gadoev (99.Muhammadanas Hasanov, 58), 19.Shahzod Akramov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 22.Toma Tabatadze (33.Ayyubxon Muxtorov, 78), 44.Andro Giorgadze (15.Zafar Hakimov, 70), 69.Egor Kondratyuk (94.Asliddin Toshtemirov, 46).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 8.Shota Gvazava, 20.Iqboljon Malikjonov.

🟨 Ogohlantirishlar: Ratino (18), Giorgadze (29).

🟥 Chetlatish: Javohir Sidiqov (43).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. Abdug'aniev Hakimov bilan to'qnashib ketdi va unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

82. Uuux! Pericaning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin Isaqov o'zini ko'rsatdi.

81. Zarba! Jumaevning havolatib oshirgan uzatmasidan so'ng Sarsenbaev bosh bilan noaniq zarba berdi.

78. “Qo'qon-1912”da almashtirish: Tabatadze o'rniga Muxtorov o'yinga qo'shildi.

77. Uuux! Sarsenbaevning pasidan keyin Tuxsanov erlatib zarba berdi, sal noaniq.

75. “Neftchi” total ustunlikka ega va juda-juda ko'p vaziyat yaratmoqda. “Qo'qon-1912”da bugun himoya butkul ishdan chiqdi.

72. Uuux! Perica to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yishga harakat qildi, biroq aniqlik yetishmadi.

71. “Neftchi”da o'zgarish: Iskanderov o'rniga Sarsenbaev maydonga tushdi.

71. Jumaevning pasidan so'ng Perica hisobni oshirdi, biroq hujumchi ofsaydda qolgan ekan.

70. “Qo'qon-1912”da almashtirish: Giorgadze o'rniga Hakimov bahsni davom ettiradi.

70. Zarba! Salimovning kuchli zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

68. Zarbaa! G'ofurovning jarima maydonchasi ichida turib bergan zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

66. Zarbaaa! Aliboevning olisdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

62. “Neftchi”da 3 ta almashtirish: Marushich o'rniga Perica, G'iyosov o'rniga Jumaev, Yovovich o'rniga Tuxsanov tushdi.

58. “Qo'qon-1912”da 2 ta o'zgarish: Husanov o'rniga Pazildinov, Gadoev o'rniga Hasanov tushirildi.

58. Uuux! Marushichning pasidan keyin Yovovich yaqin masofadan o'ta noaniq zarbaga mualliflik qildi.

54. GOL! Yovovichning pasidan keyin to'p qabul qilib olgan G'iyosov pastki burchakka zarba yo'llab, dublga erishdi - 4:0! ⚽️

52. Zarba! Iskanderovning zarbasidan keyin darvozabon xavfni bartaraf etdi.

51. Zarba! Marushichning pasini qabul qilib olgan G'iyosov aldamchi harakatlarni amalga oshirib, chap oyoqda zarba yo'lladi, Isaqov qaytardi.

49. Zarba! Abdug'anievning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.

46. GOL! Iskanderovning pasidan so'ng G'iyosov hisobni yiriklashtirdi - 3:0! ⚽️

46. Ikkinchi taymga start berildi!

46. “Neftchi”da almashtrish: Ratino o'rniga Fomin uchrashuvni davom ettiradi.

46. “Qo'qon-1912”da o'zgarish: Kondratyuk o'rniga Toshtemirov tushirildi.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

43. Javohir Sidiqov oyog'ini tik ko'targan holda Abdug'anievning biqiniga tepgani uchun maydondan chetlatildi. 🟥

41. Uuux! Nurmuhammad Abdug'anievning olisdan yo'llagan zarbasi xavflidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

38. Salimovning Kondratyuk tomon uzun pasini Ergashev yo'qqa chiqardi, posbon darvozasidan chiqib kelib to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

35. Uuux! Akramovning erlatib bergan pasidan keyin Kondratyuk zarba bermoqchi bo'ldi, biroq darvozabon Ergashev to'pni egallab oldi.

32. “Qo'qon-1912” to'pga egalik qilgan holda qanday qilib oldinga o'tish haqida bosh qotirmoqda.

29. Giorgadze Aliboevni yiqitdi va ogohlantirildi. 🟨

28. Ratinoning Yovovich tomon yaxshi o'ylangan pasi yo'l-yo'lakay rikoshet hosil qilib, qo'qonliklarga nasib etdi.

25. Zarbaaa! G'iyosovning chap oyoqda yaqin masofadan bergan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.

22. Ciger jarima maydonchasi ichida Isaqovga xalaqit qilgani uchun fol qayd etildi.

18. Ratino Salimovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi. 🟨

15. Sayfievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Isaqov to'pni uzoqlashtirdi.

12. Uuux! Qanday imkoniyat! Gadoevning bosh bilan bergan uzatmasidan so'ng Kondratyuk yaqin masofadan to'pni darvozaga kiritolmadi.

9. G'ofurov maydon markazida Tabatadzeni ushlab qoldi, qoida buzish qayd etildi.

6. GOL! Marushichning pasidan keyin Ratino olis masofadan pastki burchakni nishonga oldi - 2:0! ⚽️

4. GOL! Yovovich markaz bo'ylab oldinga intildi va Sayfievni to'p bilan taminladi, uning pasidan so'ng Zoran Marushich darvozani ishg'ol qildi - 1:0! ⚽️

1. O'yin boshlandi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia