Superliga. Muxlislar tashrifi bo'yicha joriy mavsum rekordi Namanganda yangilandi
Khoja
20 may 2024, 07:47
Kecha Navbahor - Neftchi uchrashuvini bevosita stadiondan ko'rish uchun Markaziy stadioniga 22350 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Bu esa joriy mavsum Superliga bahslaring yangi rekordi hisoblanadi.
Bunga qadar eng yaxshi natija 7-turda qayd etilgandi. O'shanda Neftchi - Andijon uchrashuvini tomosha qilish uchun Istiqlolga 19867 nafar muxlis tashrif buyurgandi.