🔴🔴🔴 Superliga. "Buxoro" – "So'g'diyona" 1:0 (matnli translyatsiya)

Sherzod Nurmatov
2 may 2026, 19:40
Superliga 11-turidan joy olgan uchrashuv davom etmoqda.

“Buxoro” – “So'g'diyona” 1:0 (LIVE)

Buxoro. “Buxoro FA” stadioni. 19:00

Gol: Timur Mamasidiqov (Vladimir Rodich) 13’

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Duschanov

Zaxira hakami: Diyorbek Amonov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohruh Said

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzod Ubaydullaev, 11.Timur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.

Zaxira: 34.Meliev,4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev, 14.Alisher, 21.Mixeil Basheleishvili, 70.Mahmadaminov, 77.Asilbek Qayyumov, 88.Dominik Begich.

“So'g'diyona”: 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Aleksandar Bolevich, 9.Feysal Mulich, 10.Javohir Qahramonov, 17.Ollabergan Karimov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 29.Amirbek Saidov, 32.Nodirjon Soyibov.

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 8.Suhrob Izzatov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 14.Lyupcho Doriev, 21.Toxirbek To'xtasinov, Hoshimov, 42.Sardorbek Erkinov, 70.Jasurbek Jaloliddinov, 77.Oybek Nurmatov.

MATNLI TRANSLYATSIYA

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob - 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! Mulichning chalqancha uslubdagi zarbasidan keyin to'p yo'l-yo'lakay Muxtorovga tegib Hamroevga borib tushdi. 

42. Bolevichning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Filipovich bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

40. Mulichning pasidan keyin Qahramonov to'pni to'xtatmasdan zarba bergandi, biroq u himoyachilarga tegib qoldi. Sal turib referi ofsayd borligini ma'lum qildi. 

37. Zarba! Xayrullaevning olisdan bergan zarbasi kutilganidan ancha noaniq ko'rinish oldi. 

35. Hakam Filipovichning ahvoli bilan tanishdi, u biroz avval Jo'raboev bilan havodagi kurashda qatnashib, jabrlangandi. 

33. Ollabergan Karimov Esanov bilan to'qnashuvda jabrlangandi, hakam uning holidan xabar oldi. 

31. Ahadov to'pni uzoqlashtirish maqsadida uni tepdi, biroq to'p Rodichga tushib qoldi, u ham baribir to'pni yo'qotdi. 

28. Bu gal Saidov Mulichni qulay pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

26. Uuux! Bolevichning Saidov tomon ketayotgan qulay pasini Hamroev egallab oldi. 

23. “Buxoro” fan-klubi jamoani faol ravishda qo'llab-quvvatlamoqda. 

21. Zarbaa! Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasini Mirkovich qaytarishga erishdi. 

20. Qobilov bu gal Ubaydullaev bilan to'qnashdi. Hakam asabiylashgan har ikki futbolchiga og'zaki tushuntirish berdi.  

17. Esanov qanotdan oldinga bordi va burchakda Qobilov tomonidan yiqitildi. 

13. GOL! Mamasidiqovning himoyachilarni chalg'itib, o'ng oyoqda yo'llagan aylanma zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi - 1:0! 

10. Ro'zievning Rodich tomon uzatgan pasidan keyin to'p maydonni tark etdi. 

6. Zarbaa! Mulichning olis masofadan jarima zarbasi orqali tepgan to'pi noaniq ketdi. 

4. Uuux! Velko Filipovichning yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng Ahadov xavfni bartaraf etdi. 

2. Ma'lum bo'lishicha, qaydnoma bo'yicha asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak bo'lgan Doriev o'rniga Bolevich startdan o'rin olgan. 

1. Uchrashuv boshlandi! 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: