

“Buxoro” – “So'g'diyona” 2:1
Buxoro. “Buxoro FA” stadioni. 19:00
Gol: Timur Mamasidiqov (Vladimir Rodich) 13’, Sherzod Esanov (Timur Mamasidiqov) 57’ – Jasur Jaloliddinov 60’
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Duschanov
Zaxira hakami: Diyorbek Amonov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Shohruh Said
🔵 "Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzod Ubaydullaev, 11.Timur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.
Zaxira: 34.Meliev,4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev, 14.Alisher Xayrullaev, 21.Mixeil Basheleishvili, 70.Og'abek Mahmadaminov, 77.Asilbek Qayyumov, 88.Dominik Begich.
⚪️ “So'g'diyona”: 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Aleksandar Bolevich, 9.Feysal Mulich, 10.Javohir Qahramonov, 17.Ollabergan Karimov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 29.Amirbek Saidov, 32.Nodirjon Soyibov.
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 8.Suhrob Izzatov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 14.Lyupcho Doriev, 21.Toxirbek To'xtasinov, Hoshimov, 42.Sardorbek Erkinov, 70.Jasurbek Jaloliddinov, 77.Oybek Nurmatov.
🟨 Ogohlantirish: Sardorbek Erkinov (65).
MATNLI TRANSLYATSIYA
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+3. Zarba! Erkinovning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.
88. “Buxoro”da almashtirish: Mamasidiqov o'rniga Mahmadaminov tushirildi.
85. Uuux! Jaloliddinovning 18 metrdan erlatib bergan zarbasi sal noaniq chiqdi. 💥
82. “Buxoro”da 2 ta almashtirish: Ro'ziev o'rniga Jo'raev, Ubaydullaev o'rniga Begich bahsni davom ettiradi.
80. Jo'raqo'ziev jarima maydonchasi ichida yiqildi va hakamga etiroz bildirmoqda. Bosh hakam hech narsa yo'qligini aytdi.
75. “So'g'diyona”da 2 ta o'zgarish: Abdurashidov o'rniga Nurmatov, Bolevich o'rniga Hoshimov maydonga tushdi.
74. "Buxoro"da almashtirish: Rodich o'rniga Qayyumov tushirildi.
71. Ahadov Ubaydullaev bilan havodagi kurashda qatnashdi, hujumchi jabrlandi.
65. “So'g'diyona”da almashtirish: Qahramonov o'rniga Jo'raqo'ziev tushirildi.
65. Zaxiradan tushgan Erkinov Ubaydullaevni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi. 🟨
63. Ulug'bek Bakaev yon hakamga keskin etirozlar bildirdi.
60. GOL! Jaloliddinov jarima zarbasidan darvozani ishg'ol qilib, hisobni qisqartirdi - 2:1! ⚽️
57. GOL! Mamasidiqovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Esanov oyog'i bilan darvozaga kiritdi - 2:0! ⚽️
55. Uuux! Karimovning aylanma zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 💥
53. Zarbaaa! Rodichning pasidan so'ng Mamasidiqov darvoza tomon zarba berdi, noaniq.
51. Uuux! Ro'ziev qanotdan oldinga intilgan Bolevichni yiqitdi. 💥
49. Uuux! Mamasidiqovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Esanov chap oyoqda darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq. 💥
48. Zarba! Esanovning zarbasidan keyin to'p Ahadovga tegib maydonni tark etdi.
47. Uuux! Xayrullaevning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi. 💥
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “So'g'diyona”da 2 ta o'zgarish: Saidov o'rniga Jaloliddinov, Soyibov o'rniga Erkinov tushirildi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob - 1:0. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Zarba! Mulichning chalqancha uslubdagi zarbasidan keyin to'p yo'l-yo'lakay Muxtorovga tegib Hamroevga borib tushdi.
42. Bolevichning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Filipovich bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
40. Mulichning pasidan keyin Qahramonov to'pni to'xtatmasdan zarba bergandi, biroq u himoyachilarga tegib qoldi. Sal turib referi ofsayd borligini ma'lum qildi.
37. Zarba! Xayrullaevning olisdan bergan zarbasi kutilganidan ancha noaniq ko'rinish oldi.
35. Hakam Filipovichning ahvoli bilan tanishdi, u biroz avval Jo'raboev bilan havodagi kurashda qatnashib, jabrlangandi.
33. Ollabergan Karimov Esanov bilan to'qnashuvda jabrlangandi, hakam uning holidan xabar oldi.
31. Ahadov to'pni uzoqlashtirish maqsadida uni tepdi, biroq to'p Rodichga tushib qoldi, u ham baribir to'pni yo'qotdi.
28. Bu gal Saidov Mulichni qulay pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.
26. Uuux! Bolevichning Saidov tomon ketayotgan qulay pasini Hamroev egallab oldi. 💥
23. “Buxoro” fan-klubi jamoani faol ravishda qo'llab-quvvatlamoqda.
21. Zarbaa! Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasini Mirkovich qaytarishga erishdi.
20. Qobilov bu gal Ubaydullaev bilan to'qnashdi. Hakam asabiylashgan har ikki futbolchiga og'zaki tushuntirish berdi.
17. Esanov qanotdan oldinga bordi va burchakda Qobilov tomonidan yiqitildi.
13. GOL! Mamasidiqovning himoyachilarni chalg'itib, o'ng oyoqda yo'llagan aylanma zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi - 1:0! ⚽️
10. Ro'zievning Rodich tomon uzatgan pasidan keyin to'p maydonni tark etdi.
6. Zarbaa! Mulichning olis masofadan jarima zarbasi orqali tepgan to'pi noaniq ketdi.
4. Uuux! Velko Filipovichning yaqin masofadan bergan zarbasidan so'ng Ahadov xavfni bartaraf etdi.
2. Ma'lum bo'lishicha, qaydnoma bo'yicha asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak bo'lgan Doriev o'rniga Bolevich startdan o'rin olgan.
1. Uchrashuv boshlandi!



