Suonsi Vilfrid Bonini sotib oldi va rekord qayd etdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 21:23
Vilfrid Boni Gollandiyaning Vitess klubidan Uelsning Suonsi klubiga ko'chib o'tdi, deb xabar bermoqda Angliya premer ligasi klubi rasmiy sayti.
Futbolchi uchun oqqushlar 12 million funtdan voz kechishdi. Shunday qilib, hujumchi klub tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.

Boni 4 yillik shartnomaga imzo qo'ydi.

Yakunlangan mavsumda ivuarlik futbolchi Golladiya chempionatining 30 ta o'yinida 31 ta gol urib to'purar bo'lgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru