Sulsher: "Sanches va Lukaku - top-futbolchilar ammo..."

Mirjalol Normatov
18 may 2021, 00:22
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o'zi kelganidan keyin tarkibda katta o'zgarishlar bo'lgani haqida gapirdi.

U o'zi jamoa boshqaruvini qo'liga olganidan keyin Romelu Lukaku, Aleksis Sanches, Eshli Yang va boshqa bir qancha futbolchilarga javob berib yubordi.

"Har bir murabbiyning o'z qarashlari va vazifalari bor. Ular top-daraja, haqiqiy professional. Ularning faoliyatiga faqat va faqat omad tilayman, ammo men boshqacharoq jamoa tuzishni istayman.

Men evolyuciyalar yoki jamoalarni bir-biri bilan solishtirishni yomon ko'raman. Barchasi natijaja aks topadi. Bu muxlislarning ko'ngliga yo'l topishning yagona yo'li va biz shu yo'ldan ketyapmiz", - dedi Sulsher.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal