“Stok Siti” Marko Arnautovichni sotib oldi

“Stok Siti” klubining rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra klub, “Verder” hujumchisi Marko Arnautovichni sotib olgan.

“Stok Siti” 24-yoshli futbolchi uchun 2 million funt bergan. Futbolchi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Ta'kidlab o'tamiz, Marko “Stok”ning Mark Xyuz murabbiyligi davridagi 4-yangi futbolchisiga aylandi. Klub bundan oldin Erik Piters, Mark Munes va Usama Assaidilarni olgan edi.


Manba: football.kulichki.net