Spartak Luis Adrianoni 7 mln evroga sotib oladi va unga yiliga 3 mln evro maosh to'laydi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2016, 09:41
Milan hujumchisi Luis Adriano Moskvaning Spartak klubiga o'tishga yaqin.

Moskvaliklar 29 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 7 million evroga kelishib olishdi. Faqat shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishilsa bo'lgani.

Adrianoning Milandagi maoshi 3 million evroni tashkil etadi. Spartak futbolchiga aynan shuncha pul berishga tayyor.

Agar hujumchi taklifni qabul qilsa yanvar oyida klubning BAAdagi yig'iniga qo'shiladi.

Luis Adriano "Beshiktosh"ga o'tadi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru