Sneyder va Xavi maydonga tushgan bahsda "Al Garafa" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2018, 13:48
OCHL-2018 pley-off bosqichida "Paxtakor"ning raqibi bo'lgan "Al Garafa" klubi kecha Qatar yulduzlar ligasida o'yin o'tkazdi.

Raqib Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" klubi bo'ldi. Uchrashuvda mehmonlar 4:0 hisobida zafar quchishdi. Shu tariqa, "Garafa" "Paxtakor" bilan o'yindan oldin yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 30 yanvar kuni "Al Garafa" o'z uyida "Paxtakor"ni qabul qiladi. O'yin g'olibi OCHL guruh bosqichiga yo'l oladi. Xuddi shu kuni Qarshining "Nasaf" klubi o'z uyida "Al Faysali"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv g'olibi esa "Al Sadd" bilan bir guruhdan joy oladi.

"Al Garafa" - "Al Sadd" 0:4
Gollar:
Hamrun 33, 45, Hassan Xolid 73, 87
"Al Garafa": Qosim Burxon, Rikardo Kuixada, Almahdi Ali, Monkez Muhammad, Uesli Sneyder (Elias Ahmad, 72), Abdulaziz Xotam, Diogo Amado, Otman Alavi (Xolid Al Zreyqi, 63), Mehdi Taremi (Amro Surag, 46), Tamir Jamal, Ahmad Alaeldin.
Chetlatish: Tamir Jamal 68


TAS-IX emas





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia