Skolari Diego Kosta uchun kurashishni istamayapti

Tolibjon Qosimov
30 okt 2013, 14:25
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari, “Atletiko” klubi hujumchisi Diego Kostani qayta termaga taklif etmasligini aytib o'tdi.

Madridliklar hujumchisi Ispaniya terma jamoasi safida o'ynash istagini bildirgan holda, Braziliya takibida Gonduras va Yaponiyaga qarshi o'yinlarda qatnashishni rad etgan.

- Braziliya terma jamoasi kiyimini kiyishdan bosh tortib, o'z o'yida bo'lib o'tadigan jahon chempionati musobaqasida ishtirok etishni rad etgan o'yinchi, avtomatik tarzda nomzodlar ro'yxatidan chiqarib tashlanadi, - Skolarining so'zlarini keltiradi Goal.com.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru