

"Xetafe" va "Barselona" o'rtasidagi o'yindan keyin (1:2) Kataloniya klubi vakillari "Koliseum Alfonso Peres" stadionidagi chim kaltalanmagani haqida aytishgan edi.
"Men bog'mon emas, murabbiyman, vazifam - jamoani tayyorlash. Chimga keladigan bo'lsak... Meni mehmonga chaqirsangiz, sizning taomingizni eb, idishingizdan suv ichaman, biroq nolimayman-ku" - deydi Simeone.
"Atletiko" hamda "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv 14 oktyabr kuni "Vanda Metropolitano"da bo'lib o'tadi, bahs Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.



