Simeone "Atletiko"ning Ispaniya Kubogi finalida "Real Sosedad"dan mag'lub bo'lgani haqida gapirdi

19 apr 2026, 09:05
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasining Ispaniya Kubogi finalida "Real Sosedad"ga (2:2, penaltilarda 3:4) mag'lub bo'lganini sharhladi.

"Avvalo raqibni tabriklayman. Birinchi goldan keyin biz yaxshi javob qaytardik, lekin keyin temp past bo'ldi. Tanaffusdan keyin gaplashdik, qayta tashkillandik va keraklicha o'ynay boshladik. Uchinchi golni urishimiz mumkin edi - Jonni va Baenada vaziyatlar bo'ldi. Qo'shimcha vaqtda har ikki jamoada ham imkoniyat bo'ldi: Xulianning to'singga teggan zarbasi va Mussoning seyvi. Biz juda munosib o'yin ko'rsatdik, lekin afsuski, penaltilar seriyasida omad ular tomonda bo'ldi. Ularni tabriklayman", - dedi Simeone.

Bu g'alaba "Real Sosedad" uchun tarixdagi to'rtinchi sovrin bo'ldi. O'tgan yili turnir g'olibi "Barselona" bo'lgan edi.


Manba: Marca