

32-yoshli futbolchi o'zining rasmiy tvitterida “Norvich Siti”ga o'tganligini yozgan. Tomonlar shartnoma shartlarini e'lon qilishmagan.
“Faoliyatimning yangi bosqichi ertaga boshlanadi. Men Angliyaga o'tganligimdan baxtliman”, - deb yozadi futbolchi.
Elmanderning “Galatasaroy” bilan tuzgan shartnomasi 2014 yoilning yoziga qadar mo'ljallangan edi. Hujumchi oldin ham Angliyada o'ynagan. U 2008 yildan 2011 yilgacha “Bolton” klubi sharafini himoya qilgan.



