Shukurov “Fenerbahche” darvozasini ishg'ol etdi

Eldor Akmurzayev
19 fev 2023, 08:40
“Fenerbahche”ga tegishli maydonda “sariq kanareykalar” va “Karagyumruk” o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Otabek Shukurov uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi va raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Bahsda 4:2 hisobida “Fenerbahche” g'alaba qozondi.

Andrea Pirlo shogirdlari ayni vaqt Turkiya Superligasida 21 o'yin o'tkazib, 26 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. “Fenerbahche” esa 45 ochko bilan 2-o'rinda turibdi. Fotihliklar keyingi uchrashuvini 4 mart kuni uyda “Sivasspor”ga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia