Shuhrat Toshpo'latov: "Abduvohid Ne'matov tez orada safimizga qaytadi"

18 apr 2026, 21:44
Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov fikrlarini bildirdi.

"Bugun o'yin oson kechmadi. Tarkibimizdagi yo'qotishlarga qaramasdan maydonga chiqqan yigitlar munosib qarshilik ko'rsatishdi. Birinchi bo'lim hammasi rejamiz asosida o'tdi. Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol rejamizni buzib qo'ydi. Hujumda keskinroq o'ynashimiz kerak edi. Afsuski, gol ura olmadik va mag'lubiyatga uchradik. Fursatdan foydalanib "Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Shuhrat Toshpo'latov.

- Abduvohid Ne'matovning jarohati haqida...

- Ne'matov alohida shug'ullanmoqda. Nasib qilsa, yaqin kunlarda safimizga qo'shiladi. Chiroyli o'yinlari bilan muxlislarni yana xursand qiladi.

- Stadiondagi atmosfera haqida...

- Farg'onada har doim yaxshi futbol muhiti bo'lgan. Har bir o'yin katta bayramdek qarshi olinadi. Bugun ham ko'p sonli muxlislar jamoasini yaxshi qo'llab-quvvatladi. Uzoqdan kelgan jamoamiz ishqibozlariga ham katta rahmat.


Manba: championat.asia