

O'yin haqida nima deyish mumkin, qiyin va asabiy kechgan muhim uchrashuvda biz haqli ravishda g'alaba qozondik. Birinchi bo'limda "Bunyodkor" bir-ikkita vaziyatlar yarata oldi. Ikkinchi taymda esa ularga hech qanday imkon bermadik. Shu kuni biz raqibdan kuchli o'ynadik va muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik.
-Terma jamoadan chaqiruv oldingiz. Bu yangilik sizga qanday ta’sir ko'rsatdi?
- Albatta, bu meni juda quvontirdi. Bu xabarni eshitib, xursand bo'lganim rost. Har bir futbolchi uchun terma jamoa safidan joy olish bu ulkan sharaf.
- "Nasaf" tarkibida ko'rsatayotgan o'yinlaringizni MTJ safida ham ko'rsata olasizmi? Aytmoqchi bo'lganim, terma jamoa libosida yanada yuqori sifatli futbol o'ynash kerak.
- To'g'ri, ko'pchilik o'z klubi safida yaxshi o'ynashi mumkin. Lekin terma jamoa libosini kiyganda o'sha o'z o'yinini ham ko'rsata olmay qolishi mumkin. "Nasaf"da biz bir-birimizni so'zsiz tushunib o'ynaymiz. Jamoamizda ichki muhim a'lo darajada. Bu narsa ham futbolchining o'z o'yinini ko'rsatishiga va yuksalishiga sabab bo'ladi. Men qanday o'yin ko'rsatayotganimni bilmayman, agarda qandaydir pog'ona ko'tarila olgan bo'lsam ham, bu yerda klubning va jamoadoshlarimning hissalari katta. Terma jamoa tarkibida ham yaxshi o'yinlar orqali bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Mirjalol Qosimov tomonidan berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga va muxlislarimiz kutayotgan o'yinlarni ko'rsatishga bor kuch-g'ayratimni sarflayman.
Shahboz Beg'amov



