Serxio Aguero va Esekel Garay Sloveniyaga qarshi o'ynay olishmaydi
Narzulla Saydullayev
6 iyun 2014, 08:29
Argentinalik Serxio Aguero va Esekel Garay Sloveniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishlari mumkin, deb xabar bermoqda Goal.com nashri.
Ikkala futbolchini jarohat qiynmoqda, biroq ular JCH-2014 boshlangunicha tiklanishlari kutilmoqda. Aguero va Garay Trinidad va Tobagoga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborishdi (3:0).