Server Jeparov "Ulsan Xyunday" klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2015, 12:56
O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov K-ligadagi faoliyatini davom ettiradi.
Bu haqda sports.media.daum.net nashri xabar tarqatdi.

O'tgan mavsum "Seongnam" klubida o'ynagan hamyurtimiz Janubiy Koreyaning "Ulsan" klubiga ko'chib o'tdi.

"Men o'ynagan har bir klubimda sovrinlarga ega chiqqanman. "Ulsan" safida ham sovrin yutishga urinaman. Agar futbolchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solishsa ularni to'xtatib qolishning iloji yo'q", - deydi Jeparov.

"Ulsan Xyunday" 1983 yilda tashkil topgan. Ikki karra K-Liga chempioni (1996 va 2005 yil). 2012 yil Osiyo chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi. Jamoa o'tgan mavsum K-ligada 6-o'rinni band etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia