

"O'yin yuqori bosim ostida qiziqarli kechdi deya olaman. Darvozalarga 4 ta gol urildi. Birinchi bo'limda gol urib olganimizdan so'ng o'ynashdan to'xtadik. Gol o'tkazib yubordik va yana hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limda esa ustunlik bizning tomonimizda bo'ldi. Raqib darvozamiz oldida deyarli keskinlik yarata olgani yo'q. Yana gol urishimiz mumkin edi. G'alati gol o'tkazib yubordik. Tahlil qilamiz albatta. Bunday holat bo'lib turadi. Muhimi jamoamizda xarakter bor. Yigitlar g'alaba qozonishni istashdi. Lekin bu - futbol. Unda hamma narsa yuz berishi mumkin",- deydi Sergey Tokov.
- O'yinda amalga oshirilgan zaxira o'zgarishlari haqida...
- Zaxirani o'yinni kuchaytirish uchun qildik. Hamma futbolchilar muhim va kerakli. Agarda kim zaxiradan tushib, o'yinni o'zgartirib yuborishini bilganimizda chempion bo'lardik, Tarkibda bir qator yoshlar o'ynayapti. Havotirli hech narsa uchragani yo'q.
- Keyingi o'yin "Mashal" bilan. Qanday g'alaba qozonmoqchisiz?
- Yashab tursangiz 18 sanada ko'rasiz. Biz harakat qilamiz.



