

"Bu klub avgustda "Byornli" bilan o'ynagan" - deydi Selyuk.
Gap "Olimpiakos" haqida ketayotgan bo'lishi mumkin. "Byornli" 23 avgust kuni Yevropa ligasi pley-offida ushbu klub bilan bahs o'tkazgan edi. Shu bilan birga ingliz klubi avgust oyida "Aberdin", "Espanol", "Istambul", "Sautgempton", "Uotford" va "Fulxem" bilan o'ynadi.
Oldinroq, Turening agenti Yaya Londonda tibbiy ko'rikdan o'tgani va yangi klubi bilan shartnoma tuzishga yaqinligini e'lon qilgan edi.



