

Bugun O'zbekiston vaqti bilan 22:30da Saudiya Arabistoni 18-tur qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda "Al Hilol" o'z maydonida 6-o'rinda borayotgan "Al Fatx"ni qabul qiladi. Klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etgani sababli "Al Hilol" ishtirokidagi chempionat bahslari qoldirilgandi. Jamoa hozirda 5-pog'onani band etib turibdi va 3 ta o'yin zaxirasida bor.
Bugun g'alaba qozongan taqdirda "Al Hilol" 36 ochko jamg'arib, 4-pog'onaga ko'tariladi. Yetakchi "Al Nasr" hisobida 19 turdan keyin 46 ochko mavjud.



