Rustam Turdimurodov "Andijon"ni tark etishi mumkin

Narzulla Saydullayev
2 fev 2025, 14:28
Hujumchi legionerga aylanishi mumkin.

O'tgan mavsum "burgutlar" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib 9 ta gol urgan Rustam Turdimurodov 2025 yilni ham "Andijon"da ijarada boshlashi kutilgandi. 

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Turdimurodovga O'zbekiston Superligasining 3 ta va ikkita xorij klubidan taklif bor. 

Eslatib o'tamiz, futbolchi huquqiy jihatdan "Paxtakor" klubiga tegishli. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia