Rudi Garsiya: "Bavariya"ning bo'sh nuqtalari yo'q, ammo ideal jamoa bo'lmaydi. Ishtaha ovqat vaqtida keladi"

Alisher
19 avg 2020, 11:53
"Lion" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Ishtaha ovqat vaqtida keladi. Hozir bizning ishtaha payti - finalga chiqish. Agar ajoyib o'yin namoyish etsak, biz buni qila olamiz.

Albatta, bu "Bavariya"ga ham bog'liq, ammo biz o'z darajamizni va sifatimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Ularning bo'sh nuqtalari yo'q, ammo ideal jamoa bo'lmaydi.

Agar biz o'z o'yinimizni o'tkaza olsak, to'pga egalik qilish va kombinaciyalar orqali nimagadir erishishimiz mumkin. O'zingizga ishonishingiz kerak," - deydi Garsiya.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com