Rossiya Kubogi. Bugun Afonin jamoasi o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2018
Bugun, 25 sentyabr kuni Rossiya Kubogi 1/32 finalidan o'rin olgan 2ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Ushbu bahslarning birinchisi Toshkent vaqti bilan 15:00da, ikkinchisi esa 20:00da boshlanadi. Kunning ilk uchrashuvida Barnaulning "Dinamo" klubi hamyurtimiz Vadim Afonin to'p tepadigan "Orenburg"ni qabul qiladi.

20:00da boshlanadigan bahsda "Ural" Nijnekamskda "Nefteximik" mehmoni bo'ladi.

Rossiya Kubogi. 1/32 final

15:00. "Dinamo" (Barnaul) - "Orenburg"

20:00. "Nefteximik" - "Ural"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia