Rossiya. Denisov jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi FOTO

Tolibjon Qosimov
5 okt 2018, 17:41
Bugun hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepadigan "Krilya Sovetov" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Tixonov iste'foga chiqarilgan edi.

Bu haqda avvalroq xabar bergan edik.

Biroz avval jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu -  Miodrag Bojovich. Chernogoriyalik mutaxassis bugunning o'zida jamoaga tanishtirildi. "Krilya" direktorlar kengashi vakili Dmitriy Shlyaxtinning ma'lum qilishicha, tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2 yarim yilga mo'ljallangan.



Bojovichning oxirgi klubi "Arsenal Tula" bo'lgan edi. O'tgan mavsum tulaliklar u bilan birga Rossiya chempionatida 7-pog'onani band etishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kc-camapa.ru