Rossiya 23 mart kuni Eron bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
26 fev 2023, 16:55
Rossiya va Eron termalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 23 mart kuni Texronda bo'ladi.

Bu haqda Eron FF aloqalar bo'limi direktori Amir Allavi ma'lum qildi.

"Eron va Rossiya termalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yini 23 mart kuni Texronda o'tkaziladi", - dedi.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Rossiya va Eron davlati futbol bo'yicha o'zaro hamkorlik shartnoma imzoladi. Ushbu shartnoma bo'yicha "Zenit" klubi Eronda "Sepaxon"ga qarshi nazorat o'yinida ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: rsport.ria.ru