Ronalduning opasi: "Krishtianu chetlatilishi - futbol uchun sharmandalik"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018, 11:05
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru "Valensiya"ga qarshi bahsda (2:0) ukasining chetlatilshi borasida fikr bildirdi.

"Bu futbol uchun sharmandalik. Adolat hali tantana qiladi. Ular ukamni taslim etishmoqchi, biroq Yaratgan hech narsani e'tiborsiz qoldirmaydi" - deb yozdi Aveyru "Instagram"dagi sahifasiga.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com